Nazorat jarayonida ogohlantirish panellari, ovoz kuchaytirgichlar, karnay va signal uzatish liniyalarining texnik holati tekshirildi.
Tizimlarning ishga tushish tezligi, ovoz sifati hamda barcha ishlab chiqarish obyektlari va ma’muriy binolarga yetib borish darajasi sinovdan o‘tkazildi. Shuningdek, elektr ta’minoti va zaxira manbalari holati ko‘rib chiqildi.
Aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etilib, qurilmalar soz holatga keltirildi.
“O‘zenergosozlash” MChJ Loyiha, geodeziya va maxsus ishlar sexi mutaxassislari tomonidan elektr stansiyalari energoqurilmalarining texnik holati muntazam ravishda nazorat qilib borilmoqda.
Ayni paytda mutaxassislar tomonidan Toshkent IEMda joylashgan, 1-sonli bug‘-gaz qurilmalari poydevorida cho‘kish holatlari mavjud emasligi yuzasidan o‘rganish va aniqlash ishlari olib borilmoqda.
Ushbu muhim texnik tadbir har uch oyda bir marotaba, maxsus geodezik uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Undan ko‘zlangan maqsad — energetika obyektlarining poydevori mustahkamligi, konstruktiv barqarorligi hamda xavfsiz ishlashini kafolatlashdir.
Kitob – insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo‘tabar va muqaddas deb hisoblagan. Shuning uchun kitobga bo‘lgan muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan, – deydi #IESbookclub loyihasining navbatdagi mehmoni “O‘zenergosozlash” MChJ tabiatni muhofaza qilish ishlari va sanoat sanitariyasi bo‘limi yetakchi muhandisi Farhod Sagdiyev.
Reja asosida “O‘zenergosozlash” MChJ Releli himoya va avtomatika sexi mutaxassislari tomonidan ochiq taqsimlash qurilmalarining umumiy panellari sozlanmoqda.
Shuningdek, himoya avtomatikalarida joriy ta’mirlash hamda profilaktika ishlari amalga oshirilmoqda.
Ish davomida aniqlangan kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish yuzasidan zarur tavsiyalar ishlab chiqildi.
Xodimlar uchun qulay sharoit yaratish, ish sharoitlarini yaxshilash asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.
Shu bilan birga, xodimlarning xavfsiz mehnatini ta’minlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
“O‘zenergosozlash” korxonasi kasaba uyushmasi raisi hamda mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi muhandisi ishtirokida korxonadagi mavjud mehnat sharoitlari o‘rganib chiqildi.