“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ 2026-yilga mo‘ljallangan kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash dasturi doirasida bir guruh xodimlar Rossiya Federatsiyasining “PromResurs” o‘quv markazi tomonidan tashkil etilgan “Defektoskopist” yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirmoqda.
Ma’lumki, kompaniya tizimida ishlab chiqarish jarayonlari asosan metall konstruksiyalar va uskunalarga tayanadi. Jumladan, gaz va bug‘ turbinalari, turbogeneratorlar, qozon-utilizatorlar hamda boshqa asosiy va yordamchi qurilmalar ishlab chiqarishning muhim ajralmas qismi hisoblanadi.
Shu bois mazkur yo‘nalish doirasida tashkil etilgan kurslarda xodimlar energoqurilmalarda xavfsiz ishlash va nazorat qilish (defektoskopiya) bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlamoqdalar.
O‘quv dasturining birinchi bosqichi 2026-yil 13–17-aprel kunlari masofaviy (onlayn) shaklda o‘tkazildi. Ikkinchi bosqich esa 20–24-aprel kunlari an’anaviy (oflayn) tarzda tashkil qilindi.
Kurslarda Sirdaryo IES, To‘raqo‘rg‘on IES, Angren IES va Yangi Angren IES, shuningdek Toshkent IEM, Farg‘ona IEM va Muborak IEM hamda “O‘zbekenergota’mir” va “O‘zenergosozlash” korxonalari vakillari ishtirok etmoqda. O‘quv mashg‘ulotlari 24-aprelga qadar davom etadi.
🔬“O‘zenergosozlash” MChJ Metallar va bug‘ quvurlari sexi laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan Toshkent IES 4-sonli qozon agregatidan keltirilgan ekran metall kesimlarining sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashga bo‘yicha sinov va tahlil ishlari olib borilmoqda. (https://tpp.uz/oz/news/metall-namunalar-sifatini-aniqlash-boyicha-laboratoriya-sinovlari-otkazilmoqda)
Xususan, maxsus o‘lchov uskunalari yordamida metall namunalarining mikrostrukturasi tekshirilib, undagi ehtimoliy nuqsonlar orqali korroziya holati baholanmoqda. Shuningdek, yuqori aniqlikdagi laboratoriya tarozilarida namunalarning massasi o‘lchanib, laboratoriya sharoitida kimyoviy tahlillar o‘tkazilmoqda.
O‘rganish va tajribalar natijasida olingan sinov va o‘lchov ko‘rsatkichlari belgilangan tartibda tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirildi.
Mazkur ishlar metall kesimlarining amaldagi standart va texnik talablarga muvofiqligini aniqlash, ularning ekspluatatsiyaga yaroqliligini baholash hamda ishlab chiqarish jarayonining ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi.
Ishlab chiqarish jarayoni uzluksizligini ta’minlashda har bir energoqurilmaning ishchi holatini doimiy nazorat qilish borish muhim hisoblanadi.
Xususan, “O‘zenergosozlash” MChJ elektr quvvati sexi mutaxassislari Toshkent IES 110-500 kV kuchlanishga ega ochiq taqsimlash qurilmalari hamda 35-500 kV kuch transformatorlarini nazorat ko‘rigidan o‘tkazishdi.
Amalga oshirilgan ishlardan maqsad – elektr qurilmalarining ishonchli ishlashini ta’minlashdir.
Ma’lumot o‘rnida: mazkur nazorat-ko‘rik tadbirlari favqulodda avariyaviy o‘chishlarning va elektr energiyasi yetkazilishida uzilishlarning oldini olishga qaratilgan.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizimida faoliyat yurituvchi xodimlar tomonidan turli qoidabuzarliklar, noqonuniy va korrupsion holatlarga yo‘l qo‘yilayotgani haqida maxsus aloqa vositalari orqali xabar qilishingiz mumkin:
📌Eslatib o‘tamiz: Qonunchilikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qiluvchi shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari davlat himoyasida bo‘lishi belgilangan (https://lex.uz/docs/3088008).
Ayni paytda mutaxassislar tomonidan Tolimarjon IESdagi 1 va 2-sonli bug‘-gaz qurilmalari poydevorining cho‘kish holatlari yuzasidan o‘rganish va aniqlash ishlari olib borilmoqda.
Ushbu muhim texnik tadbir belgilangan reja asosida, maxsus geodezik uskunalar yordamida amalga oshirilmoqda.
Undan ko‘zlangan maqsad – energetika obyektlari poydevorining mustahkamligi, konstruktiv barqarorligi hamda xavfsizligini ta’minlashdan iborat.
Bugun Toshkent davlat texnika universitetida bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlash va ularning bandligiga ko‘maklashish maqsadida “Mehnat yarmarkasi – Karyera kuni” tadbiri tashkil etildi.
Unda respublikamizning 70 dan ortiq yirik korxonalaridan qariyb 200 nafar vakil ishtirok etdi. Jumladan, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Toshkent issiqlik elektr markazi”, “Toshkent issiqlik markazi” hamda “O‘zenergosozlash” korxonalari o‘zlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari va amaliyot dasturlarini taqdim etdilar.
Tadbir davomida mehnat bozori talablariga mos, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasining ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Yarmarka jarayonida talabalar ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish, rezyume topshirish hamda ishga joylashish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Mazkur “Karyera kuni” talabalarning kelgusidagi professional faoliyatini belgilashda muhim bosqich bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.