Uchrashuv davomida korxonani zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash, ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayonlariga keng joriy etish, shuningdek, energetika sohasida istiqbolli yangi yo‘nalishlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar, shuningdek, tarmoqda innovatsion yechimlarni qo‘llash, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
Ma’lumot uchun: Northeast Electric Power Design Institute Co., Ltd. elektroenergetika va infratuzilma sohalarida loyihalash hamda konsalting xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan yetakchi Xitoy loyiha-injiniring kompaniyalaridan biri hisoblanadi.