“O‘zenergosozlash” MChJ mutaxassislari tomonidan elektr stansiyalaridagi energoqurilmalarning texnik holati muntazam monitoring qilinmoqda.
Xususan, Toshkent IEM 1- va 2-son bug‘-gaz qurilmalari poydevorlarining holati maxsus geodezik uskunalar yordamida o‘rganilmoqda.
Olib borilayotgan tekshiruvlar davomida poydevorlarda cho‘kish holatlari aniqlanmagan.
Mazkur texnik nazorat ishlari har uch oyda amalga oshirilib, energetika obyektlarining konstruktiv barqarorligi va xavfsiz ekspluatatsiyasini ta’minlashga xizmat qiladi.