Mazkur sana dunyo bo‘ylab bolalarga e’tibor, ularning huquqlari va farovonligini ta’minlashga qaratilgan muhim kun sifatida keng nishonlanadi.
Shu munosabat bilan “O‘zenergosozlash” MChJda faoliyat yuritayotgan xodimlarning farzandlari uchun ham alohida bayramona tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida bolajonlar samimiy tabriklanib, ularga quvonch va yaxshi kayfiyat ulashildi. Shuningdek, ularga shirinliklar tarqatilib, esdalik sovg‘alari topshirildi. Bolalar uchun yaratilgan bu iliq muhit ularning bayramni ko‘tarinki ruhda o‘tkazishiga xizmat qiladi.
Tashkil etilgan ushbu tadbir jamiyat xodimlari oilalariga e’tibor va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, bolalarning baxtli va sog‘lom ulg‘ayishiga bo‘lgan e’tiborning ifodasi bo‘ldi.
Jumladan, Taxiatosh IES 280 MVt quvvatga ega 2-sonli bug‘-gaz qurilmasida inspeksiya ishlari olib borilmoqda.
Qurilmada aniqlangan texnik nuqsonlar sohaning malakali mutaxassislari tomonidan bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda.
Mazkur tadbirlar energiya ishlab chiqarish jarayonining ishonchliligi va samaradorligini oshirish, shuningdek, kuz-qish mavsumida iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
“Taxiatosh IES” 2-bug‘-gaz qurilmasi kapital inspeksiyasi doirasida korxonaning tegishli sex va bo‘limlari tomonidan qator texnik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Metrologiya va asboblarni ta’mirlash sexi mutaxassislari issiqlik o‘lchov vositalarini qiyoslash ishlarini bajarmoqda. Bu o‘lchov asboblarining aniqligi va ishonchliligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, Metallar va bug‘ quvurlari sexi tomonidan bug‘ quvurlarining tayanch-osma tizimlari tekshirilib, sozlanmoqda. Mazkur ishlar quvurlarning texnik holatini nazorat qilish va uzluksiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan.
Bundan tashqari, Releli himoya va avtomatika bo‘limi tomonidan VAZP va AKB qurilmalari tekshirilib, sozlanmoqda. Bu elektr jihozlari himoya tizimlarining barqaror ishlashi va favqulodda holatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Korxonada olib borilayotgan texnik tadbirlar uskunalarning xizmat muddatini uzaytirish, ishlab chiqarishdagi uzilishlarning oldini olish hamda xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.